Elektronikado'konlari uchun aqlli yechim
Tovarlar, kassa, mijozlar, qarzdorlik va hisobotlarni bitta qulay platformada boshqaring.

Biznesingiz uchun kerak bo‘ladigan hamma narsa

Savdo va to‘lovlar
Tovarlarni soniyalar ichida toping, shtrix-kod orqali avtomatik skanerlab savdoni tezlashtiring va mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonini soddalashtiring. Har bir savdoni qulay va ishonchli tarzda yakunlang. Tranzaksiyalar bo‘yicha batafsil tarixni bir joyda saqlang, qayta ko‘rib chiqing va tahlil qiling.


Ombor va tovarlar nazorati
Mahsulot qoldig‘ini real vaqt rejimida doimiy kuzatib boring va ombordagi har bir harakat ustidan to‘liq nazoratga ega bo‘ling. Kam qolayotgan mahsulotlar haqida oldindan xabardor bo‘lib, zaxiralarni o‘z vaqtida to‘ldiring. Omboringizni samarali va tizimli boshqaring.


Qarzlar va sms
Qarzlarni va SMS xabarlarini yagona platformada qulay boshqaring. Avtomatik SMS eslatmalar orqali mijozlarga qarz muddati haqida o‘z vaqtida xabar yuboriladi — endi qo‘lda eslatish shart emas. Bu esa to‘lovlarni tezlashtiradi, kechikishlarni kamaytiradi va pul oqimini barqaror ushlab turishga yordam beradi.


Hisobotlar va analitika
Savdo, foyda, xodimlar va mahsulotlar bo‘yicha batafsil va tushunarli hisobotlarga ega bo‘ling. Qaysi mahsulotlar ko‘proq sotilayotganini, qayerda foyda yuqori yoki pasayish borligini oson tahlil qiling. Xodimlar samaradorligini kuzatib, kuchli va zaif tomonlarni aniqlang.


Mijozlar bilan ishlash
Mijozlaringiz bilan munosabatlarni yagona tizim orqali samarali boshqaring. Xaridorlar tarixi, xarid odatlari va faoliyatini bir joyda kuzatib boring, doimiy mijozlarni aniqlang va ular bilan ishlashni yanada qulaylashtiring. Maxsus chegirmalar, bonuslar va individual yondashuv orqali mijozlar sodiqligini oshirish mumkin.Bu esa savdo hajmini ko‘paytiradi, mijozlarni ushlab qolishga yordam beradi va biznes rivojlanishini tezlashtiradi.


Sun’iy intellekt asosidagi tahlillar
Sun’iy intellekt yordamida biznesingizdagi muhim jarayonlarni chuqur tahlil qiling. Tizim savdo ko‘rsatkichlari, mijozlar faolligi, eng ko‘p sotilayotgan mahsulotlar va daromad oqimini avtomatik ravishda analiz qiladi. Aniq hisobotlar va tavsiyalar orqali kelajakdagi qarorlarni ishonchli qabul qilish, foydani oshirish va biznesdagi zaif nuqtalarni tez aniqlash imkoniyati yaratiladi.

Nega aynan Tijora?

Aniq qoldiq nazorati
Qaysi mahsulot qancha qolganini, qaysi biri tez sotilayotganini va nimani qayta buyurtma qilish kerakligini bir zumda biling.

Mijozlarni jalb qilish
Xarid tarixidan foydalanib, mijozlaringizga mos aksiya va xizmat ko‘rsatishni yaxshilang.

Tez va qulay checkout
Kassirlar mahsulotlarni tez topadi, barcode skan orqali savdo tezlashadi va navbatlar kamayadi.

Raqamli boshqaruv
Kunlik savdo, foyda va xodimlar samaradorligini kuzatib, biznesni ishonchli boshqaring.

Bepul boshlash imkoniyati
Boshlang‘ich 1 oyda bepul foydalaning.
Ko‘p beriladigan savollar

Tijora bilan savdo va boshqaruvni tezlashtiring
Minglab bizneslar kabi siz ham savdo, ombor, mijozlar va hisobotlarni bitta qulay platformada boshqaring.
